Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident raisligida kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligida kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida – mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar va 2026 yildagi vazifalar.

Davlatimiz rahbari bu yo‘nalishda barcha zarur moliyaviy va tashkiliy masalalar hal qilib berilganini ta’kidladi.

Jumladan, pastda ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish, mahallama-mahalla yurib, yangi tashabbuslarni topib, odamlar hayotini yaxshilashga mas’ul bo‘lgan viloyat, tuman hokimlari va ular xodimlarining moddiy va texnik imkoniyatlari tubdan yaxshilandi.

–Endi vazirlar, hokimlar, rahbarlar o‘ziga savol bersin: shuncha yaratilgan sharoitdan, imkoniyatdan qay darajada foydalanyapti? Nima natija qilyapti? Islohotlarimiz natijasi har bir oilaga, har bir xonadonga kirib boryaptimi? Odamlar buni qanday his qilyapti?

Bunday savollar ko‘p. Barcha rahbarlar tayyor tursin. Yil tugayapti, bugun natijalarni tahlil qilib, ayrimlarga nisbatan xulosa qilaman, – dedi Prezidentimiz.

Kiritildi: Bugun 16:49. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!