Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Prezident odamlar bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurgan hokimlarni tanqid qildi

Prezident odamlar bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurgan hokimlarni tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilish davom etmoqda.

Mamlakatda har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza va shikoyat to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi.

Lekin bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qashqadaryoda 368 ta, Toshkent viloyatida 350 tani tashkil qilmoqda.

Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron va Yangiyer shaharlarida har o‘n ming aholiga to‘g‘ri keladigan arizalar soni boshqa tumanlardan 2 barobar yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Yoki murojaatlar soni respublikada 16 foizga kamaygani bilan Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqal’a tumanlari, Namangan shahrida oldingi yildan 50 foizgacha oshgan.

Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Bo‘stonliq tumanlari, Angren, G‘ozg‘on shahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurgani tanqid qilindi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!