Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurdi

Prezident Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.

O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Federasiyasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.

Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 19:39 08.05.2025. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!