Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident maktablari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Prezident maktablari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂 Talabgorning:

➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;

➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);

➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a’lo) bo‘lishi lozim.

❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

➖ 2023-2024-o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

Kiritildi: 10:02 31.05.2023. O'qildi: 24686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!