Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Prezident huzurida Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident huzurida Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi


Xususan, maktabgacha ta’limda bolani har tomonlama rivojlantirish, qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash, ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Maktab ta’limida darsliklarni yangilash, o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish hamda ularni baholash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Kasbiy ta’limda texnikumlar dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish va ularning moddiy bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat berildi.

Oliy ta’limda universitetlar mustaqilligini kengaytirish, boshqaruv sifatini va rahbarlarning natija uchun mas’uliyatini oshirish taklif qilindi.

Ilm-fan sohasida ilmiy klasterlarni rivojlantirish, universitetlar, laboratoriyalar va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 21:25 07.10.2026. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!