Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Prezident Eronii: MAGATE bilan hamkorlik faqat ikkiyuzlamachilikka barham berilganda mumkin

Prezident Eronii: MAGATE bilan hamkorlik faqat ikkiyuzlamachilikka barham berilganda mumkin

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyanning ta’kidlashicha, mamlakatning yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro munosabatlarda qo‘llanilayotgan ikkiyuzlamachilik tugatilsagina, Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Bu haqda Prezident ma’muriyati tarqatgan bayonotda aytiladi. Unga ko‘ra, Pezeshkiyan Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Suhbat chog‘ida tomonlar yaqindagi xalqaro voqealar, jumladan Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik qurolli to‘qnashuv va Eron bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.

Kiritildi: 19:53 10.07.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!