Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Prava” olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

“Prava” olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Vatanparvar tashkiloti Jizzax viloyati texnika va amaliy sport turlari markazi” NTM sobiq rahbari SH.X. (muqaddam sudlangan) va sobiq avtomobil boshqarish ustasi N.X. (muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.A.ga avtomaktabda o‘qiganlik haqidagi guvohnoma olib berishi hamda nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tkazib berishlari evaziga 13 mln so‘m va 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:23. O'qildi: 172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!