Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Pragada jamoat OAV islohotiga qarshi ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Pragada jamoat OAV islohotiga qarshi ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Chexiya poytaxti Pragada hukumatning jamoat televideniyesi va radiosini moliyalashtirish tizimini o‘zgartirish rejasiga qarshi yirik namoyish tashkil etildi. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, aksiyada 200–250 ming nafar kishi ishtirok etgan.

Namoyishchilar hukumatning jamoat OAVlarini moliyalashtirishni abonent to‘lovlari tizimidan davlat byudjetiga o‘tkazish rejasidan xavotir bildirgan. Ularning fikricha, bunday o‘zgarishlar Bosh vazir Andrey Babish hukumati tomonidan ommaviy axborot vositalari ustidan siyosiy nazorat kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Aksiya ishtirokchilari «OAVdan qo‘lingizni torting» va «Erkinlik o‘z-o‘zidan berilmaydi» kabi shiorlar bilan chiqish qilgan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, har bir xonadon uchun belgilangan oylik 205 kron (taxminan 8,5 yevro) miqdoridagi to‘lovni bekor qilish, shuningdek, jamoat teleradiokompaniyalarini moliyalashtirishni 15 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.

Hukumat mazkur islohotni fuqarolarning moliyaviy yukini kamaytirish bilan izohlamoqda. Biroq OAV vakillari moliyalashtirishning qisqartirilishi radio va televideniyening barqaror faoliyatiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 07:46. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik