Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi

Poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi

2025 yil 4 aprel kunidan 9 aprel kuniga qadar poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqining 150-yubiley assambleyasi tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu vaqt ichida poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanishi sababli, qurilish ob’ektlarida og‘ir va yengil vaznli barcha toifadagi yuk tashuvchi transport haydovchilari faqat Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qilindi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raldi va haydovchilarga o‘z yo‘llarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya qilindi.

Kiritildi: 09:10 04.04.2025. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!