Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Poytaxtdagi qaysi bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgani ma’lum qilindi

Poytaxtdagi qaysi bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgani ma’lum qilindi

Yangi yil bayrami arafasida poytaxtning bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.

Yarmarkalar joylashgan bozorlar ro‘yxati:

Bektemir tumani — «Qo‘yliq dehqon bozori» AJ,

«Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori» AJ

Mirobod tumani — «Mirobod dehqon bozori» AJ

Mirzo Ulug‘bek tumani — «Navro‘z dehqon bozori» AJ

Sergeli tumani — «Sergeli dehqon bozori» AJ

Olmazor tumani — «Qora Qamish dehqon bozori» AJ

Uchtepa tumani — «Farhod dehqon bozori» AJ

Shayxontohur tumani — «Eski Juva dehqon bozori» AJ

Yashnobod tumani — «Aviasozlar dehqon bozori» AJ

Yunusobod tumani — «Yunusobod dehqon bozori» AJ va «Oloy dehqon bozori» AJ

Yakkasaroy tumani — «Askiya dehqon bozori» AJ

Chilonzor tumani — »Chilonzor dehqon bozori» AJ

«Dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Dehqon bozorlari Yangi yilning 1 yanvar kuni ham ishlaydi.

Kiritildi: 17:37 24.12.2023. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!