MIB xodimlari fuqaroga joriy yilning aprel oyida qidiruv e’lon qilgan edi...
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.O.dan undiruvchi M.M. foydasiga 1/4 qism miqdorida, yuqoridagi sudning 18.02.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi X.M. foydasiga esa 1/4 qism miqdorda aliment qarz summalarini undirish belgilangan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga nisbatan 08.04.2025 yilda qidiruv e’lon qilingan edi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida fuqaro ushlanib, davlat ijrochiga topshirildi.
Qarzdor fuqaro davlat ijrochisidan 2 nafar sobiq turmush o‘rtoqlari, ya’ni undiruvchilar bo‘limga aliment pullarini hisoblab, undirib berishni so‘ragan.
Davlat ijrochisi Z.Bekmuratova fuqaroning M.M. foydasiga 17.269.939 so‘m, M.X. esa 19.269.939 so‘m aliment qarzdorligi bo‘lsa-da, ogohlantirilishiga qaramasdan, aliment 2 nafar undiruvchilar foydasiga aliment to‘lamaganligi sababli, unga ma’muriy chora qo‘llash uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga 07 iyul kuni yuborilgan.
Fuqaro o‘ziga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilib, 15 sutkaga qamalishidan va bu vaqt ichida kichik tadbirkorligini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqdi.
Shu sabali, noiloj 2 nafar sobiq turmush o‘rtoqlari foydasiga alimentdan bo‘lgan 36,5 mln. so‘m qarzini undiruvchilar foydasiga to‘liq undirib berildi.