Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Portugaliyalik futbolchi Kevin de Kashtru 25 yoshida maydonda vafot etdi

Portugaliyalik futbolchi Kevin de Kashtru 25 yoshida maydonda vafot etdi

Portugaliyalik futbolchi Kevin de Kashtru o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida 25 yoshiga qadam qo‘ygan pallada vafot etdi. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Yaqinda Portugaliyaning «Real Massama» klubiga o‘tgan futbolchi «Eshtrela»ga qarshi o‘yin boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach hushidan ketgan. Har ikki jamoaning tibbiy xodimlari uni qayta tiriltirishga uringan, jumladan defibrillyatordan ham foydalanilgan, ammo barcha urinishlar samarasiz yakunlangan.

Kashtru shifoxonaga olib ketilgan, ammo u yerda uning vafot etgani rasman tasdiqlangan. U 16 avgust kuni 25 yoshga to‘lgan edi.

«Eshtrela» klubi futbolchining oilasi va yaqinlariga, shuningdek «Real Massama» klubi rahbariyatiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Kevin de Kashtru Portugaliyada tug‘ilgan, bolaligida Angliyaga ko‘chib o‘tgan. U faoliyati davomida «Vest Bromvich Albion», «Byorton Albion», «Notts Kaunti» va «York Siti» klublari safida to‘p surgan.

Kiritildi: 23:37 22.08.2026. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!