"Oliveyrense" hujumchisi Ivan Martins avtohalokatda vafot etdi, deya xabar berdi Portugaliya klubi matbuot xizmati.
Fojia 21 mart kuni ertalab sodir bo‘lgan. Portugaliyalik 19 yoshda edi.
"Oliveyrense" futbol klubi bugun ertalab yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lgan jamoamizning 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchisi Ivan Martinsning fojiali o‘limi haqida chuqur qayg‘u va katta larza bilan xabar beradi," - deyiladi klub xabarida.
Martins 2024 yilning yozida "Oliveyrense" futbolchisiga aylangandi. Bungacha u Shveysariyaning "Yang Boyz" yoshlar jamoalarida o‘ynagan.