Portugaliya terma jamoasi yulduzi, yarim himoyachi Brunu Fernandesh bo‘lajak 2026 yilgi Jahon chempionatida milliy jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadlar haqida gapirib o‘tdi.
«Bu biz uchun o‘ziga xos turnir, biz o‘z mamlakatimiz uchun o‘ynaymiz. Portugaliya terma jamoasining asosiy maqsadi — mundialda g‘alaba qozonish. Biz finalga qadar yetib borishni istaymiz, raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar. Barcha xayolimiz faqat g‘alaba haqida», — deya yarim himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi A Bola.
Jahon chempionati-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli turnirning guruh bosqichida Portugaliya Kolumbiya, Kongo DR va O‘zbekiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.