Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Portugaliya terma jamoasi yangi bosh murabbiyining Ronaldu kelajagi bo‘yicha rejalari ma’lum bo‘ldi

Portugaliya terma jamoasi yangi bosh murabbiyining Ronaldu kelajagi bo‘yicha rejalari ma’lum bo‘ldi

Jorje Jezush Roberto Martinesning o‘rniga Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Avvalgi murabbiy jamoa jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniyadan mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgach, o‘z lavozimini tark etganini e’lon qilgan edi. Goal nashriga tayanib CentreGoals tarqatgan xabarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu Jezushning rejalariga kiradi. Agar 41 yoshli hujumchi JCH-2026 dan so‘ng xalqaro faoliyatini yakunlamasa, yangi murabbiy undan foydalanishda davom etishga tayyor.

Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu bilan «An-Nasr»da birga ishlagan va ular birgalikda o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida zafar quchishgan.

Kiritildi: 17:50 13.07.2026. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!