Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Portugaliya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Portugaliya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Souza 13 mart kuni kechki murojaatida parlament Luis Montenegr hukumatiga ishonchsizlik votumi o‘tkazilgandan so‘ng tarqatilishini ma’lum qildi.

Bu haqda xorij OAVlari xabar bermoqda.

De Souzaning aytishicha, parlament tarqatib yuborilgach, muddatidan oldin saylovlar 18 mayda, "ko‘pchilik partiyalar afzal ko‘rgan sana"da o‘tkaziladi.

Portugaliya prezidentining qarori Konstitusiyaga ko‘ra bunday turdagi qarorlar qabul qilishda ishtirok etishi zarur bo‘lgan maslahat organi – Davlat kengashi yig‘ilishidan so‘ng qabul qilindi.

Kiritildi: 09:23 14.03.2025. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!