Polshada, Vishkov (Masovo voyevodaligi) yaqinida, boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan hujumda 37 yoshli farrosh halok bo‘ldi.
Bu haqda Polsha ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Polisiya matbuot xizmati maktabning sobiq o‘quvchisi binoga kirib, uch kishini - o‘qituvchi, direktor va farroshni jarohatlaganini xabar qildi. Direktor go‘yoki hujumchini bostirgan. Hujumchi polisiya tomonidan hibsga olingan.
Tibbiy yordamga qaramay, ayolni qutqarib bo‘lmadi. O‘qituvchi kasalxonaga olib ketildi.
Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda, reanimasiyada.
Maktablarda hujumlar sonining ko‘payishiga javoban, Bosh vazir Donald Tusk bugun shoshilinch ravishda ichki ishlar va ma’muriyat, raqamlashtirish, milliy ta’lim va sog‘liqni saqlash vazirlari, shuningdek, maxsus xizmatlar koordinatori va bosh polisiya xodimi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Bugun ertalab Polshaning Serps shahrida polisiya maktabga qilingan hujumning oldini olgani va 17 yoshli bola hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.