Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Polshada yangi adliya vaziri 50 ga yaqin sudya va amaldorni ishdan bo‘shatdi

A A A
Polshada yangi adliya vaziri 50 ga yaqin sudya va amaldorni ishdan bo‘shatdi

Polshada Adliya vazirligi va Bosh prokuraturani boshqarishni yaqinda boshlagan Valdemar Jurek sud-huquq tizimida ommaviy ishdan bo‘shatishlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Polsat telekanaliga tayanib, Report xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u faqat islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydigan va hech qanday sabotajga yo‘l qo‘ymaydigan kadrlar bilan ishlashni maqsad qilgan.

«Men faqat ishonchli va sabotajga yo‘l qo‘ymaydigan xodimlar bilan islohotlarni davom ettirishni xohlayman», — dedi Jurek matbuot anjumanida.

Qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?

  • 46 nafar mahalliy sudlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi

  • Shuningdek, 9 nafar Adliya vazirligi xodimi ham ishdan bo‘shatildi

Jurek o‘z vazifasidagi asosiy maqsadini «qonun ustuvorligini tiklash» deb atadi.

Kiritildi: 19:45 31.07.2025. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!