Polsha polisiyasi mamlakat bosh vaziri Donald Tusk va mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga suiqasd uyushtirilishi mumkinligi haqida ma’lumot olgan. Bu haqda Polsha maxsus xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazir matbuot kotibi Yasek Dobjinskiy xabar berdi.
Uning aytishicha, maxsus xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazir Tomash Semonyak va ichki ishlar va ma’muriyat vaziri Marchin Kervinskiy tegishli choralar ko‘rishni topshirgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Varshavada Polsha Ichki xavfsizlik agentligi, polisiya va Davlat muhofaza xizmati vakillari ishtirokida shoshilinch uchrashuv o‘tkaziladi.