Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Polsha piyodalarga qarshi minalarni ishlab chiqarishni boshlash rejasini e’lon qildi

Polsha piyodalarga qarshi minalarni ishlab chiqarishni boshlash rejasini e’lon qildi

Polsha piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishini e’lon qilganidan keyin piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqarishni boshlash niyatida. Bu haqda minalarni taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICBL) rahbari Tamar Gabelnik ma’lum qildi.

Avvalroq Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari mudofaa vazirlari piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan va ularning davlat rahbarlariga tegishli qaror qabul qilishni tavsiya qilgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi (ACANU) akkreditasiyadan o‘tgan jurnalistlar uyushmasi uchun brifingda Gabelnik shunday dedi:

"Ushbu davlatlar bilan bo‘lgan muzokaralarimizda ular piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni rejalashtirmayotganiga amin bo‘ldik, biroq ular kerak bo‘lsa, buni qilish huquqi va qobiliyatiga ega bo‘lishni xohlaydi. Polsha piyodalarga qarshi minalarni ishlab chiqarishni boshlamoqchi ekanligini e’lon qildi, ammo bu e’lon va ularni ishlab chiqarish boshlanishi o‘rtasida uzoq vaqt bo‘ladi".

Kiritildi: 23:05 21.03.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!