Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Shahram G‘iyosov: "Jonim ona qizim, diydoringizga to‘ya olmadik" (VIDEO)

Shahram G‘iyosov: "Jonim ona qizim, diydoringizga to‘ya olmadik" (VIDEO)

Taniqli bokschi Shahram G‘iyosov instagramdagi sahifasida qizi bilan tushgan videosini joylab, 10 kun oldin vafot etgan qizi bilan xayrlashdi.

"Biz Allohnikimiz va unga qaytamiz. Alhamdilulloh hammasi uchun. Hammamizning joyimiz aniq, lekin kimdir kech, kimdir vaqtliroq ketadi. Jonim ona qizim, farishtaga o‘xshab keldingiz va bizlarni Allohga yaqin qilib, to‘g‘ri yo‘lga boshlab ketdingiz. Joyingiz aniq, endi biz to‘g‘ri hayot kechirib, yoningizga borish nasib qilsin. Diydoringizga to‘ya olmadik, kam hayot kechirgan bo‘lsangiz-da, qalbimizda abadiy qoldingiz", deb yozgan bokschi.

Shahram G‘iyosov shuningdek hamdardlik bildirgan hamyurtlarimizga minnatdorlik bildirgan. Biz ham Shahram G‘iyosov va uning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor qilamiz.

Kiritildi: 15:13 23.03.2025. O'qildi: 3434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!