Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Polsha maktablarga hujumlar bilan bog‘liq holda 117 nafar yoshni hibsga oldi

Polsha maktablarga hujumlar bilan bog‘liq holda 117 nafar yoshni hibsga oldi

Polshada maktablarga hujumlarning oldini olish choralari doirasida 13 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 117 nafar yosh hibsga olindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlar jazoga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar bildirgan yoki xavfli buyumlarni saqlagan. Ularning xatti-harakatlari xavotir uyg‘otgan.

Polsha ichki ishlar va ma’muriyat vaziri Marsin Kervinskiy hibsga olinganlarga oid ishlar prokuratura yoki oilaviy sudlarga yuborilayotganini aytdi.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida maktablar atrofida qariyb 10 ming nafar polisiya xodimi xizmat qilmoqda. Dushanba kunidan boshlab ularning sonini 20 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu choralar mamlakatda sodir bo‘lgan bir qator hujumlar fonida ko‘rilmoqda. 10 oktyabr kuni Varshavadagi maktab yaqinida 21 yoshli ayol uch nafar yigitga hujum qilgan. Hodisa oqibatida uch kishi jarohatlangan.

Bundan avval esa ikkita maktabda o‘smirlar sodir etgan hujumlar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 17:45 11.10.2026. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!