Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Polsha Belarus va Rossiya bilan chegaralarni mustahkamlash uchun Yevrokomissiyadan 52 million yevro oladi

Polsha Belarus va Rossiya bilan chegaralarni mustahkamlash uchun Yevrokomissiyadan 52 million yevro oladi

Evrokomissiya Polshaga Belarus va Rossiya bilan chegaralarini mustahkamlash uchun 52 million yevro ajratadi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Tomash Semonyak ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar chegara to‘sig‘i bo‘ylab asfalt yo‘l qurish, shuningdek, chegara xizmati uchun dron va boshqa jihozlarni xarid qilishga yo‘naltiriladi.

O‘z navbatida, Polsha chegara qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Robert Bagan joriy yilda Svisloch va Stochanka daryolarining 47 kilometrlik qismida elektron to‘siq qurish ishlari yakunlangani haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, Polsha-Belarus chegarasida qo‘shimcha kameralar o‘rnatildi. Investision qiymati 20 million yevrodan ortiqni tashkil etdi.

Avvalroq Polsha rasmiylari Belarus va Rossiya bilan chegaradagi Sharqiy qalqon mudofaa istehkomlari tarkibida piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 22:55 22.03.2025. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!