Nashr manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlari yetakchilar va Zelenskiyga agar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, AQSh Ukrainaga Rossiyaning kelajakdagi tajovuzlarini jilovlash vositalarini taqdim etishda muayyan rol o‘ynashga tayyorligini aytgan. Qo‘shma Shtatlar yetakchisi bunday majburiyatni jilovlash choralari NATO doirasida bo‘lmagan taqdirdagina olishini ta’kidlagan.
Shuningdek, Tramp Vashington Kiyevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol va harbiylarni yubormasligini, biroq Ukraina foydalanishi uchun Yevropaga qurol sotishni davom ettirishi mumkinligini bildirgan.