Evropa Ittifoqi Germaniya kansleri Fridrix Mersning ehtimoliy iste’fosi holati uchun rejalar tayyorlashni boshladi. Bu haqda Politico gazetasi besh nafar diplomat va amaldorga tayanib xabar berdi.
«Evropa Ittifoqi endi Fridrix Mersda hammasi joyidadek ko‘rinish berishni davom ettira olmaydi... YEIdagi hamkorlar Germaniya kanslerining ehtimoliy iste’fosi holati uchun rejalar ishlab chiqishni boshlamoqda», — deyiladi xabarda.