Rossiyaning «Zenit» klubi hozirda jamoasiz bo‘lgan Pol Pogbaga taklif bilan chiqdi.
«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, Rossiya chempioni fransiyalik 31 yoshli yarimhimoyachini o‘z safida ko‘rishni istab, taklif tayyorlagan. Ammo «Manchester Yunayted» va «Yuventus»ning sobiq yarim himoyachisi Rossiya klubiga o‘tishni rad etgan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Pogba doping qabul qilishda ayblanib, diskvalifikasiya qilingan edi. Shundan so‘ng «Yuventus» futbolchi bilan shartnomani bekor qilgandi.
4 yilga diskvalifikasiya qilingan futbolchining chetlatish muddati CAS tomonidan 1,5 yilga qisqartirilgach, futbolchi 10 mart kunidan boshlab yangi jamoada to‘p surish huquqiga ega.