Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Pokistondagi to‘fonda 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi

Pokistondagi to‘fonda 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi

Pokistonning aholi zich joylashgan Panjob provinsiyasida to‘fon sodir bo‘ldi.

“Report”ning xorijiy OAVlarga tayanib xabar berishicha, bo‘ron paytida eski va qarovsiz binolarning qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, yana 45 kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat bir qator shaharlarga jiddiy zarar yetkazgan. Tabiiy ofatdan Panjob viloyatining Jelum, Lahor, Ravalpindi, Shayxupura, Nankana Sohib, Sialkot va Mianvali shaharlari eng ko‘p jabr ko‘rdi. Kuchli shamol Lahorning ko‘plab hududlarida daraxtlarni ildizi bilan yulib, ko‘plab uylar, do‘konlar va transport vositalariga zarar yetkazdi.

Kiritildi: 06:06 25.05.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!