Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Pokistonda terrorchilar terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi raisiga suiqasd qildi

Pokistonda terrorchilar terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi raisiga suiqasd qildi

Pokiston janubidagi Karachi yaqinida bo‘lgan teraktda 7 iyul kuni terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari Ali Raza o‘ldirilibdi.

Aytilishicha, noma’lum qurolli shaxslar hujum qilib Ali Raza bilan yana bir tinch aholi vakilini nobud qilishgan.

Bir nechta manba bildirishicha, qo‘mita rahbariga suiqasdni g‘arbiy viloyatlardagi ISHIDga aloqador kuchlar tashkil etgan bo‘lishi mumkin.

Karachidagi tergov inspektori o‘rinbosari Osif Ejaz Shayx holat yuzasidan matbuotga bayonot qilgan. Holat Karimobod tumanidagi hududida yuz bergan, ikkita hujumchi davlat xodimiga o‘q uzgan.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan. Sobiq harbiyning jasadini o‘rgangan jarroh Summayya Sayed Arab News telekanaliga bergan intervyusida Ali Raza ko‘krak, bo‘yin va boshidan ko‘plab o‘q yeganini, ko‘p qon yo‘qotishdan halok bo‘lganini bildirgan.

Hujumda halok bo‘lgan ikkinchi inson xususiy shirkatda qorovul bo‘lib ishlagan 38 yoshli Vaqar ismli shaxs bo‘lgan. U jarohatlangan yaqin atrofdagi Jinna kasalxonasiga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, kasalxonada vafot etgan.

Halok bo‘lgan harbiy Ali Raza Karachining Lyari hududida o‘rnashgan narkotik tashuvchi to‘dalar, “Tahriki Tolibon” va turli diniy mazhab guruhlariga qarshi operasiyalarda faol ishtirok etgan. 2013 yilda, sobiq bosh vazir Navoz Sharif hukumati davrida Ali Raza yirik rahbarlik lavozimlarida ishlagan va Pokistonning janubiy eng yirik shahrida jinoyatchilik darajasini keskin tushirishga erishgan edi.

Kiritildi: 17:26 10.07.2024. O'qildi: 997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!