Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokistonda noma’lum qurolli shaxslar polisiya mashinasiga qarata o‘q uzdi, halok bo‘lganlar bor

Pokistonda noma’lum qurolli shaxslar polisiya mashinasiga qarata o‘q uzdi, halok bo‘lganlar bor

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatining Tank tumanida sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida uch nafar yo‘l harakati polisiyasi xodimi halok bo‘ldi va yana uch kishi yaralandi.

DAWN xabariga ko‘ra, noma’lum qurolli shaxslar ko‘chma polisiya mikroavtobusiga qarata o‘t ochgan.

Otishmada ikki nafar yo‘lovchi ham yaralangan va keyinchalik tibbiy yordam olish uchun kasalxonaga olib ketilgan.

Hujumdan so‘ng, noma’lum shaxslar yo‘l harakati polisiyasi mashinasida qochib ketishdi. Tez orada voqea joyiga katta polisiya kontingenti yetib keldi va hududni o‘rab oldi.

Huquqni muhofaza qilish organlari gumondorlarni qo‘lga olish uchun qidiruv operasiyasini boshladi.

Kiritildi: Bugun 13:56. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!