Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Pokistonda kuchli yomg‘ir odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi

A A A
Pokistonda kuchli yomg‘ir odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi

Pokistonning Karachi shahrida kuchli yomg‘ir va bo‘ron sabab sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarda 4 kishi (2 nafari yosh bola) hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda Onado‘li axborot agentligi.

Milliy matbuotda chop etilgan xabarga ko‘ra, Karachida kuchli yomg‘ir va bo‘ronlar shaharga juda katta talofatlar yetkazgan.

Kuchli yomg‘ir va bo‘ron tufayli Millat shaharchasi hududidagi devor quladi. Buning natijasida 2 bola, boshqa bir hududda esa 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Shahar bo‘ylab ba’zi do‘konlar va fermaning devorlari qulab tushdi, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ldi.

Boshqa tomondan, shaharning ko‘p joylarida elektr ta’minotida uzilishlar ham kuzatilgan.

Balujiston va Panjob shtatlarida 19 iyun kuni kuchli jala oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini va ko‘chkida 7 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Kiritildi: 22:00 23.06.2022. O'qildi: 2596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!