Bunday qaror ushbu mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilindi, deya xabar bermoqda Samaa TV. Uchrashuv ishtirokchilari BMT Nizomining 51-moddasida mustahkamlangan mamlakatning o‘zini o‘zi himoya qilish huquqiga to‘xtaldi.
"Pokiston istalgan vaqtda, istalgan joyda va xohlagan tarzda javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi", dedi Milliy xavfsizlik kengashi va mamlakat mintaqada tinchlikka intilayotgan bo‘lsa-da, suverenitet va milliy qadr-qimmatga hech qanday murosa bo‘lmasligini ta’kidladi.
6 may oqshomida Hindiston “Sindoor” harbiy operasiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi, uning doirasida mamlakat qurolli kuchlari Pokistondagi to‘qqizta “terrorchilik infratuzilmasi” obektlariga raketa zarbalari berdi. Pokistonning ma’lum qilishicha, zarbalar oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan.
Bunga javoban Pokiston harbiylari Hindistonning beshta shahriga zarba berdi va Hindiston havo kuchlarining beshta samolyotini urib tushirdi. Hindiston polisiyasining ma’lum qilishicha, Pokistonning Kashmirdagi o‘qqa tutilishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘lgan. Hindiston rasmiylari samolyot yo‘qolgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.