Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Pokiston hukumati Eron va Markaziy Osiyo davlatlariga quruqlik orqali mango eksport qilish bo‘yicha moliyaviy talablarni vaqtincha yengillashtirdi.

Pokiston Savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, imtiyoz 2026 yil 1 iyundan 30 sentyabrgacha amal qiladi. Unga muvofiq, Davlat bankining valyuta nazorati qoidalaridagi moliyaviy instrument talabi mango eksportiga tatbiq etilmaydi.

Vazirlik bu qaror Pokiston mangosining eksport hajmini oshirish va yangi bozorlarga chiqishni osonlashtirish maqsadida qabul qilinganini bildirdi.

Pokiston Meva va Sabzavot Eksportyorlari, Importyorlari va Savdogarlari Assosiasiyasi rahbari Vohid Ahmad mazkur qarorni olqishladi.

Uning aytishicha, yangi yengilliklar Eron hamda Markaziy Osiyo bozorlarida Pokiston mangosiga bo‘lgan talabni sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, bu qaror Fors ko‘rfazi bozorlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tanqislikni qoplashga ham yordam beradi.

Kiritildi: 22:24 21.05.2026. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!