Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Pokiston armiyasi maktabga rejalashtirilgan teraktning oldi olinganini ma’lum qildi

Pokiston armiyasi maktabga rejalashtirilgan teraktning oldi olinganini ma’lum qildi

Pokiston armiyasi maktabga terakt uyushtirishni rejalashtirgan ikki nafar “Hindiston tomonidan qo‘llab-quvvatlangan” jangari neytrallashtirilganini ma’lum qildi.

Pokiston armiyasining Xizmatlararo jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi (ISPR) xabariga ko‘ra, hodisa Xayber-Paxtunxva viloyatining Janubiy Vaziriston tumanida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotda aytilishicha, jangari guruh a’zolari portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil orqali maktabga hujum qilishga uringan.

Mashina maktabning asosiy darvozasi yonida aniqlangan va armiya aralashganidan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, hujumning oldi olingan, ikki jangari yo‘q qilingan, maktab hududiga kirishga muvaffaq bo‘lgan yana uch kishi qo‘lga olingan.

Portlash natijasida maktab atrofidagi infratuzilmaga shikast yetgan, ammo o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida halok bo‘lganlar haqida ma’lumot keltirilmagan.

Kiritildi: 14:07 11.11.2025. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!