Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Pluton sayyorasi butunlay yo‘q bo‘lishi mumkinmi?

Pluton sayyorasi butunlay yo‘q bo‘lishi mumkinmi?

Koinot tez orada Quyosh tizimidan o‘rin olgan ushbu sayyoradan mahrum bo‘lishi mumkin. 2006 yili eng kichik planeta nomini olgan mazkur sayyora 2030 yilga borib muzlab yo‘q bo‘lib ketishi ehtimoli bor. Chunki, ufqda yo‘lida uchragan barcha narsani asta-sekin o‘z domiga tortuvchi yuho, ya’ni armageddon kelishi kutilmoqda. Avstraliyaning Tasmaniya Universiteti astronom olimlari bu kichik olamni tadqiq etar ekan, ushbu sayyorani o‘rab turgan atmosfera butunlay yo‘q bo‘lib ketishini ta’kidlashmoqda.

Astronomlar zamonaviy texnikalari yordamida Plutonni tashqaridan o‘rab turgan bosimni o‘rganib chiqishdi. Agar biron bir osmon jismi Yerga boshqa bir sayyoradan tushayotgan nurni berkitsa, qoplama sodir bo‘ladi. Plutonning uzoq yulduzlardan tushayotgan nurni yopib turganligini kuzatib, atmosferaning zichligi, bosimi va harorati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

- Plutonning mavsumiy modelini tuzishga erishdik, - deydi Tasmaniya Universitetining ilmiy xodimi Endryu Koul. Shuningdek, uning Quyosh atrofida aylanib olayotgan nurning miqdori qay darajada o‘zgarishlarini ham aniqladik. Ma’lum bo‘lishicha, sayyora quyoshdan qanchalik uzoqlashsa uning atmosferasida azot muzlay boshlar ekan.

Pluton Quyosh tizimidagi eng yorqin bo‘lgan yagona elliptik yulduz hisoblanadi. Uning yuza qismi juda sovuq, Selsiy bo‘yicha harorat -228 -238 darajaga teng. So‘nggi 30 yil ichida sayyoraning atmosfera bosimi 3 barobar ko‘tarildi.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 22:15 05.05.2019. O'qildi: 6720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!