Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Pirotexnika buyumlari bo‘yicha qonun qabul qilindi

Pirotexnika buyumlari bo‘yicha qonun qabul qilindi

Pirotexnika buyumlari muomalasi qonun bilan tartibga solinadi. «Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida» gi Qonun (O‘RQ–1111-son, 13.01.2026 y.) qabul qilindi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qonunga ko‘ra, pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) yordamida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlaridir.

Pirotexnika buyumlari ularning xavflilik zonasi, shu jumladan atrofdagi fazoning zararlanish darajasidan kelib chiqib, xavflilikning I – V sinflariga bo‘linadi.

O‘zbekistonda xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tashish, o‘tkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonda xavflilikning II – V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tashish, jo‘natish, o‘tkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: Bugun 20:02. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!