Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Pezeshkian: Mekka kelishuvi musulmon davlatlari birligiga qadam bo‘lishi mumkin

Pezeshkian: Mekka kelishuvi musulmon davlatlari birligiga qadam bo‘lishi mumkin

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston imzolagan Mekka mudofaa kelishuvini musulmon davlatlari birligi sari ijobiy qadam deb atadi.

Uning ta’kidlashicha, kelishuv qarama-qarshilik emas, balki muloqot va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin.

Pezeshkian, shuningdek, Eron AQShga ishonmasligini bildirdi. Uning aytishicha, Hurmuz bo‘g‘ozi urush muzokaralar orqali yakunlangan taqdirda savdo kemalari uchun qayta ochilishi mumkin.

Eron prezidenti mintaqaviy xavfsizlikni mintaqa davlatlarining o‘zaro hamkorligi orqali ta’minlash mumkinligini ta’kidlab, «bizga mintaqaviy polisiyachi kerak emas», dedi.

Kiritildi: 22:40 27.09.2026. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!