Eron muzokara stolidan ham, jang maydonidan ham voz kechmadi.
Eron prezidenti Masud Pezeshkian bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.
"Bizning ustuvor vazifamiz milliy xavfsizlik va xalq tinchligi. Biz xalq huquqlarini qat’iy himoya qilamiz va hech qanday tahdid oldida chekinmaymiz. Diplomatiya va mudofaa milliy kuchning ikki qanotidir; biz na jang maydonidan, na muzokara stolidan voz kechmadik", deb ta’kidladi u.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp ikkala tomonni ham harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirganidan so‘ng, Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatishini e’lon qilgan edi. Biroq, Eron Livanda vaziyat keskinlashgan taqdirda keyingi hujumlar mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.