AQSH, Isroil va Yevropa amalda Eronga qarshi urush olib bormoqda.
Eron prezidenti Masud Pezeshkian Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy saytida chop etilgan intervyusida shunday fikr bildirdi.
"Menimcha, biz Amerika, Isroil va Yevropa bilan keng ko‘lamli urush holatidamiz. Ular mamlakatimizning oyoqqa turib olishini istamaydi", - deydi u.
Biroq Pezeshkianning so‘zlariga ko‘ra, Eron armiyasi “avvalgi hujumlar davridagidan ancha kuchliroq bo‘ldi”. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tehron keyingi zarbalar bo‘lsa, “qat’iyroq javob” berishga tayyor.
Shu bilan birga, “Islomiy davlat” prezidenti Eron qo‘shni davlatlar bilan, jumladan, madaniy va iqtisodiy sohalardagi munosabatlarni sezilarli darajada yaxshilaganini ta’kidladi. Bu borada u Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkiya, BAA va boshqa davlatlarni tilga oldi.
Pezeshkianning qo‘shimcha qilishicha, Eron Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan “juda yaxshi munosabatlar” o‘rnatgan.