Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kanadaning Galifaks shahriga mamlakat bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashish uchun yetib keldi, deya xabar bermoqda AFP Ukraina yetakchisining matbuot kotibi Sergey Nikiforovga tayanib.
"Biz Galifaksga yetib keldik. Ukraina prezidenti va Kanada bosh vaziri o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi, undan so‘ng Yevropa yetakchilari bilan birgalikda telefon orqali muloqot o‘tkaziladi", — dedi Nikiforov.
Kanadaga tashrifdan so‘ng Zelenskiy Donald Tramp bilan uchrashish uchun Qo‘shma Shtatlarga yo‘l oladi.