Loyihalarning yarmini to‘laganlar avtomatik g‘olib bo‘ladi, ya’ni mahalla asfaltlash qiymati 1 mlrd so‘m, 500 million to‘lab berilsa, 1 milliardlik asfalt qilib berishadi.
2026 yildan boshlab "Tashabbusli byudjet" doirasida aholi tomonidan loyiha qiymatining 50 foiz qismi moliyalashtirilganda loyihalar avtomat g‘olib deb topiladi. Bunda, har bir mahallaga bir mavsumda faqat bitta loyihani sherikchilik asosida amalga oshirishga ruxsat beriladi. Sherikchilik loyihalari fuqarolar tomonidan loyiha shakllantirish bosqichida maxsus shartlarga rozilik bildirgan holda ilgari suriladi (ya’ni avval boshdan sherikchilik rejasi ochiqlanishi kerak).
«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar» ro‘yxatidagi mahallalar uchun loyiha qiymatini 25 foizini to‘plash kifoya bo‘ladi, qolgan 75 foizini davlat qoplab beradi. Loyihalar g‘olib deb topilishi uchun minimal ovoz soni 10tadan 50 tagacha oshiriladi.