Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Putin ham yon berishlarga tayyormi?

Putin ham yon berishlarga tayyormi?

Putin Ukraina bilan tinchlik kelishuvi imzolangan taqdirda Rossiya tomonidan ham qisman hududlar almashinuvi amalga oshirilishini istisno qilmadi — “Kommersant”.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin hali ham Ankorijda o‘tgan sammitda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishib olingan yon berishlarga borishga tayyorligini bildirdi. U bu haqda payshanba kuni, 25 dekabrda davlat kengashi majlisida aytdi", deb yozadi “Kommersant” gazetasi.

“Strana” nashrining qayd etishicha, gap Kreml tomonidan 2022 yil kuzida bosib olingan hududlarda o‘tkazilgan “referendumlar” natijasiga tayanib “Rossiyaga tegishli” deb e’lon qilingan Zaporijjya va Xerson viloyatlari hududlaridan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqish talabidan voz kechish haqida bormoqda.

“Kommersant” ma’lumotiga ko‘ra, davlat kengashi majlisida Putin eng ko‘p AQSh va Ukraina bilan urushni to‘xtatish rejasi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar jarayoni haqida gapirgan. Xususan, u “Rossiya tomonidan ham qisman hududlar almashinuvi mumkin” ekanini istisno qilmagan. Biroq Putin “Donesk viloyatidagi Kramatorsk–Konstantinovka–Slavyansk tugunining kimga tegishliligi masalasi muhokama qilinmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, u Yevropa yetakchilari bilan muzokaralardan keyin AQSh tomoni o‘zining ayrim takliflaridan “chetga chiqqanini” aytgan va buni “zaiflik alomati” deb atagan.

Kiritildi: Bugun 17:25. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!