Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistondan kelgan ishchi guruh 10 kun davomida barcha kerakli hujjatlarni yig‘di. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitasiya markazlari va bolalar uchun "Tranzit" ijtimoiy boshpanasiga etkazildi.

Voyaga yetmagan bolalardan biri uch yildan beri onasidan ayro tarzda, otasi bilan yashab kelgan. Otasi uni onasidan noqonuniy ravishda olib qo‘ygan. Bolaning oilasi uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan ijtimoiy noqulay muhitni boshdan kechirgan.

Bosh konsulxona xodimlari va mutasaddi tashkilotlar xodimlari bolaning yashash joyida bo‘lib, voyaga yetmagan fuqaroni O‘zbekistonga qaytarish choralarini ko‘rdi.

O‘zbekiston Bosh konsulxona tomonidan Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan olti nafar bolaning vatanga qaytishi uchun tegishli guvohnomalar rasmiylashtirildi. Diplomatlar ularni Sankt-Peterburg-Toshkent aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:02 11.10.2025. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!