Hayrullo Ibadullayev "Barchasi G‘alaba uchun!" mukofotining "Oddiy qahramonlar" nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi, deb yozadi @radiosputnik_spb.
U shu yil fevral oyida yetti yoshli bolani yerga tushishiga bir metr qolganda ushlab qolgan. Hodisa vaqtida o‘zi ham jarohat olgan, ammo bolaning hayoti saqlab qolingan.
Avvalroq u Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Jasorat” medali bilan, shuningdek, Tigran nomidagi mukofot va “Qutqarishda ko‘rsatgan jasorati uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.