Rossiya Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirish ehtimoliga keskin qarshi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Report Rossiya OAVlariga tayanib.
«Bizda salbiy munosabat bor», – dedi Peskov. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Evropalik harbiylar degan tushuncha yo‘q, aslida ular aniq davlatlarning harbiylari bo‘lib, bu davlatlarning aksariyati NATOga a’zo».
Shu bilan birga, Peskov Ukraina hududida aynan NATO harbiy infratuzilmasining joylashtirilishi mojaroning asosiy sabablaridan biriga aylanganini ta’kidladi.