Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi har qanday davlatning suveren huquqi ekanligini aytdi. “Gap iqtisodiy integrasiya jarayonlari haqida bormoqda. «Bu yerda hech kim biror davlatga hech narsa buyura olmaydi va biz buni qilmaymiz», deb tushuntirdi Kreml matbuot kotibi.
Shu bilan birga, Peskov Rossiyaning xavfsizlik va harbiy ittifoqlar bilan bog‘liq masalalarda pozisiyasi tubdan farq qilishini ta’kidladi. «Bu erda biz boshqacha yondashuvga egamiz va bu hammaga yaxshi ma’lum», dedi u.
Ma’lumki, Rossiya ittifoqning o‘z chegaralarigacha kengayishini jiddiy tahdid deb hisoblab, Ukrainaning NATOga kirishiga doimiy ravishda qarshilik qiladi. Yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istiqboli Rossiyani harbiy harakatlarga undagan asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidladi.
Biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Kiyev NATOga a’zolik masalasini muzokaralar kun tartibidan olib tashlash niyatida emasligini tasdiqladi.