Rim papasi Frensisni himoya qilayotgan Shveysariya gvardiyasi pontifikning dafn marosimini mashq qilishni boshladi. Bu haqda Blick nashri xabar berdi .
“Shveysariya gvardiyasi har qanday hodisaga, jumladan, pontifikning o‘limiga ham tayyorlanmoqda. Soqchilarga komendantlik soati joriy qilingan. Dafn marosimiga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Bungacha Rim papasi Frensis qo‘sh pnevmoniyaga chalingani ma’lum bo‘lgan edi. Vatikanning ta’kidlashicha, 88 yoshli Rim papasining klinik holati "murakkab manzarani taqdim etishda davom etmoqda".