Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Peshku qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi

A A A
Peshku qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi

Peshku tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligigia nomzod Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatidagi ishonchli vakili Samoydin Xusenovning peshkulik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning viloyat, tuman kengashi faollari, deputatlar, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari, mehnat faxriylari hamda yoshlar vakillari ishtirok etdilar.

Ishonchli vakil ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvni partiya viloyat Kengashi raisi Obidjon Xamidov boshlab berdi. S.Xusenov o‘z so‘zida saylovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Buxoro viloyati, shu jumladan, Peshku tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq hududlari va mahallalarni obodonlashtirish, aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha bir qator ko‘lami keng ishlar amalga oshirilganligini ta’kidladi. Shundan so‘ng nomzod saylovoldi dasturidagi beshta ustuvor maqsadning mazmun-mohiyatini atroflicha sharhlab berdi.

Xususan, inson huquq va erkinliklarini, manfaatlarini ta’minlash, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, xotin-qizlarning oiladagi va jamiyatdagi o‘rnini, nufuzini mustahkamlash, suv resurslarini tejash, atrof-muhit musaffoligiga erishish, chegaralarimiz dahlsizligi, xalqimiz tinchligini barqaror saqlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, saylovoldi dasturga asosan yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotgan fermerlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi qaytariladi.

Qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishlariga mos holda rivojlantirish, tuproq va yaylovlarda degradasiyaning oldini olish bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi. Umuman, agrar sohaga jami 15 mlrd. dollar investisiyalar jalb etiladi. Bularning barchasi hech shubhasiz, Peshku tumani qishloq xo‘jaligini rivojlantirish imkonini berib, iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda ushbu tizimda amalga oshirilgan modernizasiya ishlari, jumladan, klaster tizimini joriy etish natijasida tumanda paxta, g‘alla hosildorligi 25-30 foizga, meva-sabzavot eksporti esa, 2 barobarga oshdi, sohaga 155 milliard so‘mdan ortiq xususiy investisiya kiritildi. O‘tgan ikki yilda
1316 gektar unumdor yer maydonlari aholiga ajratib berildi. Natijada, 6,9 mingdan ziyod fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Tuman qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, 2030 yilga qadar, qo‘shimcha 5815 gektar maydon o‘zlashtiriladi va ularda intensiv bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi.

Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘lik ta’minoti 35 foizga yetkaziladi (hozirda 15 foiz), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 7 foizdan 12 foizga oshiriladi. Shuningdek, agrar sohadagi eksport hajmi yillik 5,7 million dollarga yetkaziladi (hozir 3,1 million dollar).

Ishonchli vakil, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning viloyat, tuman miqyosida yaqqol ko‘zga ko‘rinib turgan samaralariga ham to‘xtalar ekan, nomzodimizning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan beshta strategik yo‘nalish barcha jabhalarda, jumladan iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlashga va shu asosda odamlarimizni hayotdan rozi qilishga qaratilgan.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan partiya Peshko‘ tuman Kengashi raisi, “Malishoyak” MFY raisi Sanam Jumayeva va boshqalar mahallalarda tashkil etilgan beshlik tizimi va bu orqali qisqa muddatda erishilgan yutuqlar, klaster tizimi afzalliklari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga qaratilayotgan e’tibor, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik sohasida erishilgan yutuqlar xususida o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida ishonchli vakil barchani Yangi O‘zbekistonni barpo etishga o‘z hayotini bag‘ishlagan fidoyi inson, O'zLiDePdan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

Kiritildi: 15:57 02.07.2023. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!