Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

"Persepolis" ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan muzokara olib bormoqda

"Persepolis" ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan muzokara olib bormoqda

"Persepolis" klubi O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev hamda o‘ng qanot himoyachisi Xojiakbar Alijonovni o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda.

Eronning Varzesh3 nashri xabar berishicha, mazkur ikki futbolchi orasida Sergeevning transferi ancha oldinda. O‘zbekistonlik forvard yaqin kunlarda Tehronga yetib kelib, tibbiy ko‘rik va hujjat ishlaridan so‘ng "Persepolis" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Agar barcha jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlansa, u jamoa bilan birga Qatar yig‘iniga yo‘l oladi.

Alijonov bo‘yicha muzokaralar esa hozircha davom etmoqda. Ilk muloqotlar ijobiy kechgan bo‘lsa-da, uchinchi tomon aralashuvi tufayli ushbu transferning taqdiri hali aniq emas.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Sergeevni ham, Alijonovni ham 1,2 million yevroa baholagan.

Kiritildi: 23:54 03.01.2026. O'qildi: 3592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!