AQSh Harbiy-dengiz kuchlari vaziri lavozimidan ozod etilgan Jon Felan Pentagon rahbari Pit Xegset bilan yuzaga kelgan ziddiyat tufayli o‘z kursisini yo‘qotdi. Bu haqda Axios nashri xabar bermoqda.
«Felan kim asosiy ekanini tushunmadi. Uning vazifasi — berilgan buyruqlarni bajarish edi», — deya ta’kidlagan nashr suhbatdoshlaridan biri.
Jurnalistlarning tushuntirishicha, Felan Xegset bilan kelisha olmagan bo‘lsa-da, mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan yaxshi aloqada bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq rahbari joriy ma’muriyat davrida o‘z lavozimini tark etgan harbiy amaldorlarning tobora kengayib borayotgan ro‘yxatiga qo‘shildi.