Xabarlarga ko‘ra, ular orasida bir nechta ob’ektning Budapesht va Moskva o‘rtasidagi parvozi tasvirlangan hujjat ham bor. Ushbu to‘plamdan Federal tergov byurosi, Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon arxivlaridan olingan turli yillarga oid 72 ta hujjat o‘rin olgan.
Ularning orasida MRBning 1956 yildagi axborot hisoboti bo‘lib, unda asli vengriyalik bo‘lgan AQSh fuqarosining ko‘rsatmalari joy olgan. Uning aytishicha, Budapeshtda yashovchi jiyani 1955 yil noyabr oyida unga xat yuborib, unda noma’lum uchuvchi ob’ektlarni tasvirlagan.
"Uchuvchi likopchalar" deb atalayotgan narsalar bir necha hafta davomida odamlarni sarosimada ushlab turdi. Bu haqda gazetalarda o‘qigan bo‘lsangiz kerak: ushbu ob’ektlarning tezligi soatiga 12 ming kilometr deb baholandi", — deyilgan xatda.
Hujjatga, shuningdek, ushbu ob’ektlarning Budapesht va Moskva o‘rtasidagi yo‘nalishda qanday saf tortib uchgani aks ettirilgan chizma ham ilova qilingan.